Qashqadaryo viloyatida tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi sport turlari bo‘yicha Spartakiadaning viloyat bosqichi bo`lib o`tdi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng joriy etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6099-sonli Farmoni, shuningdek, 2024-yil 5-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi va 9-sonli bayonning 78-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
Tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoalar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, sportga qiziqishni kuchaytirish orqali sog‘lig‘ini mustahkamlash va mehnat unumdorligini oshirish – bu musobaqalarning asosiy maqsadi etib belgilandi.
Spartakiada Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyati kengashi hamkorligida tashkil etilib, musobaqalar viloyatning barcha tuman va shaharlardagi tibbiyot muassasalari ishtirokida saralash bosqichlari orqali ishtirokchilar saralandi. Saralash bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar viloyat bosqichida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Yuqori ruh, teng imkoniyatlar va kuchli raqobat – musobaqa davomida asosiy shior va kayfiyat bo‘ldi. Har bir jamoa yuksak ruhda, professional yondashuv bilan faol ishtirok etdi.
Musobaqa natijalari ko`ra:
♟ Shashka bo`yicha erkaklar o`rtasida:
- Eshimov Feruz
- Alimardonov Elbek
- Qarayev Baxtiyor
♟Shashka bo`yicha ayollar o`rtasida:
- Husanova Fotima
- Qobilova Matluba
- Boynazarova Iroda
♛ Shaxmat bo`yicha erkaklar o`rtasida:
- Abdisobirov Bunyod
- Ismatov Murodilla
- Nuriev Malik
♛ Shaxmat bo`yicha ayollar o`rtasida:
- Safarova Aziza
- Husanova Shahruza
- Xidirova Mohira
Stol tennisi bo`yicha ayollar bahsida:
- Ochilova Mohinur
- Bazarova Shahnoza
- Avliyoqulova Maxliyo
Stol tennisi bo`yicha erkaklar bahsida:
- Ibragimov Otabek
- Toirov Shaxzod
- Eshmirzayev Rustam
⚽ Mini-futbol bo`yicha musobaqalarda esa, Tez tibbiy yordam jamoasi 1-o`rinni, Viloyat OITS markazi jamoasi 2-o`rinni, Kasbi tuman tibbiyot birlashmasi jamoasi esa 3-o`rinni qo`lga kiritdi.
Musobaqaning barcha yo‘nalishlarida 1-o‘rin sohiblariga spartakiadaning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma topshirildi.
Ta’kidlash joizki, bunday sport tadbirlari tibbiyot xodimlari uchun nafaqat sog‘lom turmush tarziga rag‘bat uyg‘otadi, balki ularning o‘zaro hamkorligi, ijtimoiy faolligi va jamoalarda ijobiy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, tibbiy xizmatlarning samaradorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati