Sog‘liqni saqlash tizimida samarali faoliyat yuritayotgan mutaxassislar rag‘batlantirildi

Tibbiyot sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, elektron tizimlarni samarali ishlatish va faoliyatini sifatli tashkil etishda alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan sog‘liqni saqlash muassasalaridagi AKT muhandislari hamda IT hamshiralari munosib taqdirlanib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan yana biri bugun viloya sog`liqni saqlash boshqarmasida tashkil etildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan 24 nafar mutaxassislarga sog‘liqni saqlash vazirligining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Sovg‘alarni boshqarma boshlig‘i v.b. N.Qurbonov topshirdi hamda barcha mutaxassislarni samimiy tabrikladi.

Bu kabi e`tiroflar sohada mehnat qilayotgan mutaxassislarning mehnatini qadrlash, ularni yanada ruhlantirish va ilhomlantirishga xizmat qiladi.

Qashqadaryo viloyati sog’liqni
saqlash boshqarmasi matbuot xizmati