O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy turizm assotsiatsiyasi tashabbusi va Sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda joriy yil 22–27-sentyabr kunlari Hindistonda joylashgan yetakchi klinikalarda (Apollo Hospital, Marengo Asia Hospital, Neo Super-Specialty Hospital) tajriba almashish maqsadida infotur tashkillashtirildi.
Mazkur safarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali shifokori Otabek Azizov ishtirok etmoqda.
Safar davomida zamonaviy onkologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganilib, olingan bilim va tajribalar yurtimiz onkologiya sohasida samarali tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati