Pomidordagi likopin moddasi saraton xujayralarini yo`q qiladi!

Pomidor yurak-qon tomir tizimi, suyaklar va miya salomatligini mustahkamlaydi, kayfiyatni ko‘taradi, saraton xavfini kamaytiradi va ayollar homiladorlik davrida foydalidir. Unda antioksidant likopin, kaliy, foliy kislotasi kabi vitaminlar va minerallar mavjud, bu esa uni yuqori energiyali va sifatli ovqat mahsulotiga aylantiradi.
Ayniqsa, pishgan qizil pomidorda likopin moddasi ko‘proq bo‘ladi.

Muhim maslahat, pomidorning tabiiy, mavsumida pishib yetilgan mahsuloti ko‘proq foydali vitamin va minerallarga boy bo‘ladi.

Qanday tanlash kerak?

Dumaloq pomidor — kisloroq, osh va qaynatma taomlar uchun ideal.

Uzunchoq (oval) pomidor — shirinroq, salat uchun ajoyib tanlov.