Ijtimoiy tarmoqda “Ijtimoiy obektlar atrofidagi avtomobillar turar joyi bepul bo’lishi kerak. Ayniqsa shifoxonalarga tutash hududlar” mavzusida ko‘tarilgan murojaat yuzasidan

            Ushbu holat mas’ullar tomonidan tegishli  tartibda o‘rganilib, quyidagilar aniqlandi.

            O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabdagi №414-sonli qaroriga asosan “Budjet tashkilotlarining mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori 3-bandida tibbiy muassasalarni qo‘shimcha daromad topish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu qarorga asosan manbalardan qo‘shimcha daromad olish maqsadida Kitob tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli avtomobillar turar joyi bir necha bor ta’mirlanishiga qaramasdan qarovsiz holatga kelib qolgan. Biroz muddat o‘tib ta’mirlanib, ijarachi tashkilot bilan uch tamonlama shartnoma tuzib, ijaraga berilgan. Biroq ijarachi ijara shartnomasi talablarini o‘z vaqtida bajarmagani va belgilangan mablag‘ni to‘lamaganligi sababli tuzilgan shartnoma bekor qilingan. Shundan so‘ng avtoturargoh yana bir muddat tartibsiz va ta’mir talab holatga kelib qolgan.

       Tibbiyot birlashmasi Kitob tumanining markazi va markaziy bozori yonida ya’ni gavjum joyda joylashganligi sababli ko‘pgina hollarda tirbandliklar, avtomobillarni tartibsiz joylashuvi, aholiga va ularning yaqinlariga noqulayliklarni keltirib chiqarar edi. Tartibsizlik va noqulayliklarni oldini olish, tibbiy xizmatga murojaat qilib keluvchi aholi va ularning yaqinlariga qulaylik yaratish maqsadida avtoturagoh tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan joriy ta’mirlanib, qo‘shimcha pul mablag‘ topish maqsadida 2025-yil 31-yanvar №481-4-62-TV 2025-son buyruqqa asosida Kitob tuman yuridik markazidan olingan JS№ 1021347632-sonli xulosaga ko‘ra pullik avtoturargoh xizmati tashkil etilgan.

     Avtoturargoh 2025 yil 1 martdan ishga tushirilgan va hozirda tibbiyot birlashmasi kassasiga belgilangan tartibda to‘lov cheklari orqali kunlik tushgan pul mablag‘lari kirim qilinib, bank hisob raqamga o‘tkazilib borilmoqda. Kelgusida ushbu xizmatlan yig‘ilgan mablag‘lar tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga sarflanishi belgilangani ma`lum qilinadi.

 Qashqadaryo viloyati sog‘liqni

saqlash boshqarmasi axborot xizmati