2- qism
«Og‘iz suti» sarg‘imtir rangga ega bo‘lib, keyingi kunlarda hosil bo‘ladigan ko‘krak sutiga nisbatan
✔️A vitamini
✔️karotin moddasi
✔️askorbin kislotasi
✔️B guruhidagi vitaminlarga boy bo‘ladi.
Og‘iz suti turli kasalliklarni paydo qiluvchi virus va mikroblarga qarshi kurashuvchi moddalarga boy. U chaqaloqda immunitet sistemasining shakllanishida qatnashib, go‘dak tanasida har xil xastaliklarga qarshi bir umrga yetgulik immunitet hosil qiladi.
Og‘iz suti oqsil, yog‘ va uglevodlardan tashqari, mineral moddalar, fermentlar, gormonlar hamda antitanachalarga boy hisoblanib, chaqaloqni uning uchun yangi bo‘lgan dunyoga moslashib, yashab ketishi uchun juda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi!
Mana shular sabab, shifokorlar bolani tug‘ilgani zahoti emizishni tavsiya etadi. Ona tabiat ham chaqaloqlarga emish refleksi bilan tug‘ilishdek katta hadyani in’om etgan. Bu ham bejizga emas, albatta.