Ijtimoiy tarmoqlarda “Homilador ayollarni tekshiradigan punkt va vrachlarni qayerdan topish mumkin? ➖Chiroqchi” mazmunidagi tarqalgan murojaat yuzasidan.
Mazkur xabar yuzasidan o‘rganishlar asosida quyidagilar ma’lum qilinadi.
Chiroqchi tumani Oq oltin ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi filiali 1990 yilda qurilgan, 2023 yilda kapital ta’mirlangan. Ushbu Oq oltin ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi filialida 21 nafar xodim shu jumladan, 2 nafari oliy ma’lumotli shifokor 14 nafari o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyat yuritadi. Oq oltin ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi filiali Oq oltin va Yashnobod mfylarida istiqomat qiluvchi 7360 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
2023 yildan buyon statsionar tibbiy yordam olishda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ushbu poliklinika binosidan 2 km masofada umumiy aholisi tarqoq bo‘lgan Yashnobod mfy xududiga tibbiy xizmat konteyneri o‘rnatilgan bo‘lib, 2 nafar o‘rta tibbiyot xodimi biriktirilgan. Homilador ayollar uchun dori-darmonlar tibbiy standartlar asosida belgilangan muddatlarda patronaj hamshiralar orqali yetkazilib berilayotgani aniqlandi.
Shuningdek, xududda dorixona ochish va oliy ma’lumotli shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilganlgi ma’lum qilinadi.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot хizmati