MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Bugun, 3-oktyabr kuni Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida “Viloyatda amalga oshirilayotgan yuqori texnologiyali operasiyalar”  mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

✅ Unda boshqarma boshlig‘ining birinchi o’rinbosari-N.Diyarov hamda sohaga daxldor mas’ullar ishtirok etib, yuqori texnologiyali operasiyalar o’tkazish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar haqida barafsil ma’lumotlar berishdi.

❗️Shuningdek, OAV vakillari mavzu doirasida mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha  javoblar olishdi.