Sog’liqni saqlash vazirining 2024 yil 14 iyundagi buyrug’iga asosan «xavf guruhi»ga kiruvchi xomilador va tug’ruq yoshidagi ayollar bilan ishlashda zarur bo’lgan tibbiy normativ xujjatlar tasdiqlangan edi.
Ushbu normativ xujjatlarda «oilani rejalashtirish, antenatal parvarish, arterial gipertenziya, bronxial astma, virusli gepatit D, B, C, jigar sirrozi, qandli diabet 2-turi, surunkali ishemik kasalliklar, o’pkaning surunkali obstruktiv kasalliklariini davolash bo’yicha» milliy klinik protokollar, qo’llanma va yangi nizom xamda tibbiy tartib-qoidalar mavjud.
Normativ xujjatlar bilan tashishtirish va amaliyotga to’liq kiritish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.
Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasining «Onalik va bolalik masalalari» bo’yicha o’rinbosari M.Qurbonova tomonidan o’tkazilgan seminarda viloyatdagi barcha bosh hamshira va katta hamshiralar, tibbiy brigada patronaj hamshiralari va patronaj doyalar ishtirok etishdi.