Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markazi qoshida tashkil etilgan Ftiziatriya kafedrasida dars jarayonlari boshlandi

Muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan barcha viloyatlarda tibbiyot oliygohlari tashkil etilmoqda. Shu jumladan Qarshi davlat universitetida tibbiyot fakulteti ochilgan boʻlib, oliygoh bilan hamkorlikda yangi 2024-2025-oʻquv yili uchun Qashqadaryo viloyat Ftiziatriya va Pulmonologiya markazida Ftiziatriya kafedrasi tashkil etilgani hamda yoshlarning sifatli va qulay ta’lim olishlari uchun zamonaviy ko’rinishda ta’milanib, jihozlangani haqida xabar berilgan edi.

Joriy yilning 23-sentabr sanasidan oliygoh bilan hamkorlikda Ftiziatriya kafedrasida dars jarayonlari boshlanib, talabalarga markazning malakali shifokorlari tomonidan bilim va ko’nikmalar berib borilmoqda.