Sog‘liqni saqlash boshqarmasida «Imtiyozli dori-darmon vositalari va ularni yetkazib berish tartibi» masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Boboyev, boshqarma ma’sul xodimlari, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi rahbari va ma’sul xodimlari ishtirok etishdi.
Viloyatimizda 297 nafar buyrak va jigar transplantatsiyasini o‘tkazgan bemorlar bo‘lib, ulardan 92 nafari jigar va 205 nafari buyrak ko‘chirish operatsiyasini boshdan kechirganlardir.
Bu bemorlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan «Adport», «Pangraf», «Prograf», «Sellsept», «Mayfortik», «Sandium neoral» kabi  dori vositalari muntazam ichib borish uchun bepul berib boriladi
2024 yil iyul oyidan boshlab ushbu bemorlar trans.info.uz sayti orqali reyestrga kiritilib, dori vositalari elektron ro‘yxat asosida sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqsimlanib kelinmoqda.

Eslatib o’tamiz, 2024 yil 1 avgust kuni bir guruh bemorlarning  Prezident xalq qabulxonasidagi jamoaviy murojaatidagi talabiga ko’ra, «Pangraf» dori vositasi 2024-yilgi ehtiyoj ro’yxatidan mutaxassislar xulosasiga ko’ra olib tashlangan edi.  Biroq  bemorlar o‘zlari talab qilgan dori vositalarini emas rad etilgan «Pangraf» dorisini olib berishni qayta talab qilishlari natijasida dorilarni miqdor jihatdan yetkazib berishda tafovutlar kelib chiqqan.
Hozirda ushbu tafovutni bartaraf etish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Pangraf dori vositasiga bo‘lgan ehtiyoj qayta shakllantirildi va xarid jarayonida tuzilgan shartnomaga ko‘ra «O’zmedimpeks» DM yuqoridagi dori vositalarini 50-60 ish kunida yetkazib berilishiga kelishilgan.
Shuningdek, mazkur yig‘ilishda transplantant bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni oylik maoshlarini qayta ko‘rib chiqish, ustamalar belgilash  va «Takrolimus» miqdorini o‘lchaydigan labarotar tekshiruvlarni belgilangan tartibda tashkillashtirish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berib o‘tildi.