Ona suti, ko‘krak suti – go‘dak uchun eng yaxshi ozuqa hisoblanadi, chunki bu davrda u tarkibi va oziq moddalar nisbatiga ko‘ra go‘dakning ovqat hazm qilish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga mos keladi. Ona bilan bola o‘rtasida homiladorlikning dastlabki kunlaridan bolaboq «Ona-yo‘ldosh-homila» tarzida o‘zaro mustahkam aloqa bog‘lanadi, bola dunyoga kelgach esa bu munosabat «Ona-ko‘krak suti-bola» tariqasida davom etadi.
Ona suti haqidagi dastlabki ma’lumotlar Ibn Sino qo‘lyozmalarida ham qayd etilgan. U ona sutini quyosh nuriga qiyos qilgan, chunki yer yuzidagi barcha tirik mavjudot (o‘simliklar dunyosi) uchun quyosh nuri qanchalik zarur bo‘lsa, o‘sayotgan murg‘ak uchun ham ona suti shunchalik zarur.