Barchamizga maʼlumki, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan aholi salomatligini asrash, xususan, «Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun» tamoyili asosida yangi bosqichga ko‘tarilib, soha va tizim xodimlariga qaratilayotgan eʼtibor tufayli bugun xalqimizga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati ortib bormoqda. Birgina, har yili mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida tibbiyot xodimlari kunining keng nishonlanishi ham ana shunday yuksak eʼtibor namunasidir.
Shu boisdan, Qarshi shahrida vohamizning jonkuyar va fidoyi, shirinso‘z tibbiyot xodimlari uchun bir piyola choy ustida bayram dasturxoni yozilib, unda so‘z olgan viloyat hokimi Murotjon Azimov barcha shifokorlarni samimiy qutlagan holda Prezidentimiz farmoniga asosan, viloyatimizdan ham davlat mukofotlari olganlarga mukofotlar topshirildi. Shuningdek, bir qator soha xodimlari viloyat hokimining faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida el ardog‘idagi sanʼatkor Mahmud Nomozov va vohamizning taniqli xonandalari tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar davraga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.