150 dan ortiq chekka hudud aholisi chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi – “Salomatlik sayli”

“Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida obod bo’layotgan “Oltin boshoq” mahallasida viloyat hokimligi va sog’liqni saqlash boshqarmasi tomonidan “Salomatlik sayli” tadbirlari o’tkazildi.

Tadbirda viloyatimizning turli tibbiy sohalarga ixtisoslashgan klinika va shifoxonalarining malakali mutaxassislari, tuman tibbiyot birlashmasining tajribali shifokorlari tomonidan 158 nafar mahalla fuqarosi chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

Tibbiy ko’rik davomida 5 nafar bemor tuman tibbiyot birlashmasida va 1 nafar bemor viloyat shifoxonasida davolanadigan bo’ldi. Fuqarolarga kerakli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.

Tadbirda viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Karomova ham ishtirok etib, mahalla ayollariga o’z sohasi bo’yicha muhim maslahat va tavaiyalar berdi.