Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 2006 nafardan ortiq tibbiyot xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:
16– ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika,
89– oilaviy poliklinika,
112 –ta oilaviy shifokorlik punkti,
10– ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida navbatchi shifokor va hamshiralar tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyat filiali, tuman va shahar hududlarida joylashgan 16 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 272 ta tez tibbiy yordam brigadalari aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida tunu-kun xizmat ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, 16 ta tug‘ruq, shundan tumanlararo perenatal tug’ruq markazlari va 1 ta viloyat ona va bola salomatligi markazi, 16 ta bolalar davolash muassasasi ham uzluksiz ish olib boradi.
Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 75.224-03-41 raqamli ishon telefoni orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.