Joriy yilning dastlabki uch oyi davomida tez tibbiy yordam xizmatiga kelib tushgan murojaatlar soni va ularning kasalliklar kesimidagi ko‘rsatkichlari sarhisob qilindi.
Asosiy ko‘rsatkichlar (top-5):
1.Arterial gipertenziya: 96 105 ta (34,6%) — Murojaatlarning uchdan bir qismi qon bosimi bilan bog‘liq.
2.O‘tkir respirator kasalliklar: 50 077 ta (18,0%) — Mavsumiy kasalliklar hamon yuqori ulushga ega.
3.Neyrotsirkulyator distoniya: 15 426 ta (5,6%)
4.O‘tkir koronar sindrom: 1 749 ta (0,6%)
5.Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi: 543 ta (0,2%)
Statistika shuni ko‘rsatadiki, aholi orasida yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolar (arterial gipertenziya) eng ko‘p uchrayotgan asosiy sabab bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, boshqa turli xildagi murojaatlar umumiy ko‘rsatkichning 40,7% (112 952 ta) qismini tashkil etmoqda.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Axborot xizmati