Viloyatimizda 2024 yil davomida 28 266 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, ushbu nikohlanuvchilar to`liq tibbiy ko`riklar o‘tkazilgan. O‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 0,2% nikohlanuvchilarda ruhiy salomatlik bo‘yicha, 0,01% giyohvand moddalar iste’mol qiluvchilar, 0,06%ida VICH infeksiyaga chalinganlar aniqlagan.
Shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari bilan kasallanganlar-13 nafar,
Sil kasalligi bilan kasallanganlar-2 nafar,
Endokrin kasalliklar aniqlanganlar-16 nafar,
Urologik kasalliklar bilan kasallanganlar-50 nafarni tashkil etgan.
201 nafar nikohlanuvchilar tibbiy nazoratga olinib, sog‘loshmlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
VMning 2007 yil 14 apreldagi 78-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 2-bandiga asosan 10 nafar 50 yoshdan oshgan nikohlanuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan. NIZOMga ko‘ra «… ushbu shaxslar tibbiy ko‘rikdan faqat ularning roziligiga ko‘ra o‘tkazilishi» belgilab qo‘yilgan.
Yuqorida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tibbiyot muassasasining mas’ul xodimlari tomonidan nikohlanuvchilarga tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma berish vaqtida kasalliklarning nikoh tuzilgandan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlari to`liq tushuntirilgan.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash
boshqarmasi matbuot xizmati