103 хizmati: Viloyat tez tibbiy yordam xizmati rahbari Koreya tajribasini o`rganmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va tez tibbiy yordam xizmati vakillaridan iborat delegatsiya Koreya respublikasida malaka oshirmoqda. (https://t.me/Press_Official_103_uz/2980?single)

Safar 15–19-sentabr kunlari Koreya sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi KOFIH jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Shifoxonagacha shoshilinch tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Delegatsiya vakillari Koreyaning ilg‘or tibbiyot muassasalarida yaratilgan sharoitlar, ishlash mexanizmlari va huquqiy-me’yoriy asoslari bilan tanishmoqda. Shuningdek, mamlakatimiz tez tibbiy yordam tizimining bosh rejasi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi ham ko‘zda tutilgan.

Delegatsiya tarkibida viloyat tez tibbiy yordam xizmati rahbari A. Aliyev ham qatnashib, zamonaviy tez yordam tizimi bo‘yicha tajriba almashmoqda.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati