Ijtimoiy tarmoqlarda “Ona va bola markazi davlatga 2,5 milliard zarar yetkazdi – hozircha hech kim javobgarlikka tortilmadi mazmunida xabarlar tarqaldi.
Mazkur xabar yuzasidan o‘rganishlar asosida quyidagilar ma’lum qilinadi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali xamda tug‘ruq komplekslari uchun mo‘ljallangan 4 dona chiller sovutish tizimi pudratchi tashkilot “Yuksak zamin invest qurilish” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish va elektr-montaj ishlari yakunlanib, markazlashgan elektr hisoblagich orqali foydalanish uchun topshirilmagan.
Hozirda aniqlangan qarzdorlik holatiga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati
sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Matbuot xizmati.