❗️Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda «Kitob tumanidagi stomatologiyaning chiqindilarni noto‘g‘ri tashlash holati xavotir uyg‘otmoqda» mavzusida tarqalgan xabar yuzasidan
Mazkur xabar yuzasidan o‘rganishlar asosida quyidagilar ma’lum qilinadi.

Olib borilgan o’rganish ishlari davomida Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida joylashgan Stomatologiyalardan biri tibbiyot chiqindilarini ko‘chaga, jamoat joyida chiqarib tashlaganligi, fuqarolar huquqbuzarga ushbu harakatning noto‘g‘riligini tushuntirishga harakat qilishiga qaramay klinika ishchi-xodimlarii chiqindilarni olib ketish bo‘yicha shartnomalari mavjudligini ta’kidlab, ularni kechasi to‘planishi va shu paytgacha ko‘chada saqlanishi mumkinligini iddao qilingani aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Qashqadaryo viloyati
sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Matbuot xizmati