Ommaviy axborot vositalarida Qamashi tumanidagi “Guliston” oilaviy shifokorlik punkti ta’mirtalab ahvolga kelib qolgani haqida.
Mazkur xabar yuzasidan o‘rganishlar asosida quyidagilar ma’lum qilinadi.
Qamashi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Guliston oilaviy shifokorlik punkti 1968 yil qurilgan 1 qavatli binoda joylashgan.
Hozirda ushbu binoda ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotganligi sababli, Qamashi tuman Guliston oilaviy shifokorlik punkti 13 sentyabr kunidan vaqtincha Guliston mfyda (ta’mirlanayotgan binodan 300 metr uzoqlikdagi masofada) joylashgan sobiq kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan 2 qavatli binosining 1-qavatiga ko‘chirilgan.
Ta’mirtalab binoning tom qismi to‘liq qaytadan ta’mirlanib, yangi eshik va romlar o‘rnatildi. Hozirda ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Bino oktabr oyining yakuniga qadar aholiga qaytadan tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun Guliston oilaviy poliklinikasiga topshirish rejalashtirilgan.
Yaqin masofada dorixona yo‘qligi bo‘yicha murojaat yuzasidan esa Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan “Xudud tuman markazigacha 35 km va eng yaqin dorixona 10 km bo‘lganligi sababli Guliston MFY xududidan xususiy dorixona ochilishi va ochish uchun yer ajratishda amaliy yordam berishni so‘rab” Qamashi tuman hokimligiga rasmiy xat yuborilgan.
Shuningdek, 13-sentabr kuni Guliston oilaviy shifokorlik punkti “Osiyo taraqqiyot banki” loyihasi doirasida olib kelingan 7 turdagi 12 dona tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Aholiga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, kasalliklarni erta aniqlash va davolash maqsadida 16-20 sentyabr kunlari respublika va viloyatning 35 nafar malakali shifokorlari jalb etilgan holda xudud aholisi to‘liq bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyati
sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Matbuot xizmati.