❗️Nogironlikni belgilashning raqamlashtirilgan tizimi joriy qilinmoqda

✅ “Nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 587-son Hukumat qarori qabul qilindi.
Manba (https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi/5277)

Ilgari bemorlar faqat tuman markaziy poliklinikalaridagi vrachlik-maslahat komissiyalariga og‘zaki murojaat qilgan bo‘lsa, энди nogironlikni belgilash masalasida quyidagi manbalar orqali murojaat qilish imkoniyati mavjud:
“Inson” markazlari
Ijtimoiy xodimlar
my.gov.uz portali
Oilaviy shifokorlar
❌ Nogironlikni belgilashdan avval barcha uchun bir xil davolanish muddati (4 oydan 6 oygacha) talabi bekor qilinib, endilikda kasallikdan kelib chiqib, individual davolanish muddati va minimal tibbiy tekshiruv mezonlari belgilandi.

Shuningdek, sirtdan (ko‘rikka chaqirtirmasdan) nogironlik belgilanadigan kasalliklar va ularning asoratlari ro‘yxati 48 tadan 60 taga kengaytirildi.