❗️JSST: Bakteriyalarning antibiotiklarga chidamliligi ortib bormoqda (https://t.me/ssvuz/19610)

JSSTining ma’lum qilishicha, dunyo bo‘ylab infeksiyalarga qarshi qo‘llaniladigan antibiotiklar samaradorligi pasaymoqda.

Infeksiyalarning dori vositalarga chidamliligi har yili o‘rtacha 5–15% ga oshib bormoqda. Bu holat asosan antibiotiklarni ortiqcha va noto‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq.
Masalan: E.coli bakteriyalarining 40%, klebsiella pneumoniae bakteriyalarining 55% dan ziyodi endi ko‘p qo‘llaniladigan antibiotiklarga chidamligi oshgan.
Ayrim infeksiyalar esa hozirda mavjud barcha antibiotiklarga qarshilik ko‘rsatmoqda. Bu esa har yili millionlab insonlar hayotiga zomin bo‘lmoqda.
Ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilda taxminan 8 million bemor antibiotiklarga chidamli bakteriyalar tufayli vafot etgan.
➡️ Hisobotda yangi avlod antibiotiklarini ishlab chiqish hamda ulardan oqilona foydalanish lozimligi ta’kidlangan.
Faqat shifokor tavsiyasiga asosan antibiotik qabul qilish tavsiya etiladi!