Ijtimoiy tarmoqlarda «Ginekologiya bo‘limi vrachi bemorlarga berilayotgan dorilarni yozib korobka ustini yirtib olayotgan ekan. Kasalga bu dori davo bo‘ladimi, yo‘qmi ishi yo‘q. Bir kunda nechta dori o‘tqazishi muhum. Tibbiyot birlashmasi ma’muriyatiga murojaat qildik, xech qanday chora ko‘rilmadi deyishmoqda» mazmunida xabarlar tarqaldi.
Mazkur xabar yuzasidan o‘rganishlar asosida quyidagilar ma’lum qilinadi.
Tuman tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘lim vrachi G.E bir necha bor ogohlantirishga qaramasdan o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, bemorlarga firma dorilaridan foydalanganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312-moddasi birinchi bandi 2 qismiga ko‘ra ish haqining 30% (o‘ttiz) miqdorda jarima jazosi qo‘llanildi.
Ushbu xolat takrorlansa xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish bo‘yicha qattiq ogohlantirildi.
Qashqadaryo viloyati
sog‘liqni saqlash boshqarmasi
Matbuot xizmati.